OQ SAROY Hospital
Shakhrisabzdagi jahon standartlariga mos yagona klinika
“Oq Saroy Hospital” da 16 yoshli bemorda noyob urologik amaliyot muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Shahrisabz shahridagi “Oq Saroy Hospital” klinikasida 16 yoshli bemorda ikki tomonlama qovuq-siydik nayi refluksi tashxisi bilan murakkab urologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Bemorning holatini inobatga olgan holda, klinikaning malakali endourolog jarrohi Azamat Achilov rahbarligidagi jarrohlar jamoasi tomonidan pnevmovezikoskopik ikki tomonlama ureteral reimplantatsiya amaliyoti bajarildi.
Mazkur amaliyot zamonaviy endoskopik texnologiyalar yordamida amalga oshirilib, siydik naylarini siydik pufagiga qayta joylashtirish orqali siydikning buyrak tomoniga qaytib chiqishining oldini olishga qaratilgan.
🏥 “Oq Saroy Hospital” — murakkab urologik holatlarda zamonaviy diagnostika va jarrohlik imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
📍 Manzil: Shahrisabz shahri, “Oq Saroy Hospital” klinikasi
📍Location
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
📞 55-404-00-03
📞 55-405-00-03
📰📰📰
“Oq Saroy Hospital”da navbatdagi murakkab urologik amaliyot zafari
Shahrisabz shahridagi “Oq Saroy Hospital” tibbiyot markazida bolalar urologiyasi yo‘nalishida yana bir yuqori aniqlikdagi amaliyot muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Klinikamizga 3 yoshli kichkintoy bemor buyrak toshi tashxisi bilan olib kelindi. Tajribali va malakali jarrohlar jamoasi tomonidan ushbu tosh laparoskopik va lazer texnologiyasi yordamida, kam invaziv usulda keshiklarsiz, xavfsiz maydalanib, to‘liq olib tashlandi.
🔍 Amaliyot asoratsiz va muvaffaqiyatli yakunlandi.
🔍 Bemorning holati qoniqarli, tiklanish jarayoni tez kechmoqda.
🔍 Balog’at yoshiga yetmagan kichik bemorimiz tez orada uylariga javob beriladi.
🏥 Kichkintoylarimiz salomatligi — bizning eng oliy maqsadimiz! Zamonaviy apparatura va kuchli mutaxassislar xizmatingizda.
📍 Manzil: Shahrisabz shahri, “Oq Saroy Hospital” klinikasi
📍 Location
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
📞 55-404-00-03
📞 55-405-00-03
😎 Quyidagi havolani bosing hamda bizning rasmiy telegram kanalimizga a’zo bo’ling👇👇👇
https://t.me/Oqsaroyhospital
🏥”Oq Saroy Hospital”da xorijiy tajribaga ega LOR shifokori ish boshladi!
Shahrisabz shahridagi “Oq Saroy Hospital” tibbiyot markazida LOR — otorinolaringologiya yo‘nalishida yangi mutaxassis faoliyatini boshladi.
👨⚕️ DR. BOTIRJON BAXTIYOROVICH — xorijiy tajribaga ega LOR shifokori.
Endilikda LOR kasalliklari bo‘yicha diagnostika, davolash va jarrohlik amaliyotlari xorijiy tajriba va zamonaviy yondashuvlar asosida “Oq Saroy Hospital”da amalga oshiriladi.
👂 Quloq kasalliklari
👃 Burun va burun bo‘shlig‘i kasalliklari
🗣 Tomoq va hiqildoq bilan bog‘liq muammolar
🏥 LOR yo‘nalishidagi jarrohlik amaliyotlari
📍 Manzil: Shahrisabz shahri, “Oq Saroy Hospital” klinikasi
📍Location
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
📞 55-404-00-03
📞 55-405-00-03
🇺🇿 ❤️
🏥”Oq Saroy Hospital”da muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti
Shahrisabz shahridagi “Oq Saroy Hospital” klinikasiga 45 yoshli bemor buyrak faoliyatining buzilishi va buyrakda tosh to‘planishi shikoyati bilan murojaat qildi.
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida buyrakda tosh to‘planishi sababli chap buyrak faoliyati butkul to‘xtagani aniqlandi.
Shu sababli bemorga laparoskopik nefrektomiya amaliyotini o‘tkazish zarurati belgilandi.
🏥 Amaliyot Oq Saroy Hospitalda muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
👨⚕️ Amaliyotni bajargan mutaxassis:
Sardor Avloqulov — endourolog, laparoskopist.
Ushbu holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni e’tiborsiz qoldirmaslik va o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish nihoyatda muhim.
📌 Bemorlarimizga eslatma:
Buyrakda tosh paydo bo‘lishi, bel yoki yonbosh sohasidagi og‘riqlar, siydik chiqarishdagi o‘zgarishlar kabi belgilarni e’tiborsiz qoldirmang. Vaqtida qo‘yilgan tashxis va to‘g‘ri davolash ko‘plab asoratlarning oldini olishga yordam beradi.
O‘z vaqtida qo‘yilgan tashxis — salomatlik garovidir!
📍 Manzil: Shahrisabz shahri, “Oq Saroy Hospital” klinikasi
📍Location
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
📞 55-404-00-03
📞 55-405-00-03
😎Quyidagi havolani bosing hamda bizni rasmiy telegram kanaliga a’zo bo’ling👇👇👇
https://t.me/Oqsaroyhospital
📰📰📰📰
🏥”Oq Saroy Hospital”da zamonaviy kolonoskopiya tekshiruvi yo‘lga qo‘yildi
Shahrisabz shahridagi “Oq Saroy Hospital” klinikasida zamonaviy kolonoskopiya tekshiruvi yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda yo‘g‘on ichak bilan bog‘liq kasalliklarni zamonaviy endoskopik uskuna yordamida tekshirtirish, ularni erta bosqichda aniqlash va zarur hollarda keyingi davolash yo‘nalishini belgilash imkoniyati mavjud.
👨⚕️
Tekshiruvlarni klinikamizning malakali mutaxassisi — Dr. Dilshod Oqqo‘ziyev amalga oshiradi.
▪️ Zamonaviy kolonoskopiya uskunasi
▪️ Malakali mutaxassis
▪️ Aniq diagnostika
▪️ Kasalliklarni erta aniqlash imkoniyati
Kolonoskopiya — yo‘g‘on ichakning ichki yuzasini maxsus endoskopik uskuna yordamida tekshirish usuli. U turli kasalliklarni aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega.
❕ Bemorlarimizga eslatma: ichak faoliyatidagi o‘zgarishlar, qorin og‘rig‘i, uzoq davom etuvchi ich ketishi yoki qabziyat, najasda qon kuzatilishi kabi belgilarni e’tiborsiz qoldirmang. O‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish va zarur tekshiruvlardan o‘tish muhim.
📍 Manzil: Shahrisabz shahri, “Oq Saroy Hospital” klinikasi
📍Location
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
📞 55-404-00-03
📞 55-405-00-03
😎Quyidagi havolani bosing hamda bizni rasmiy telegram kanaliga a`zo bo`ling👇👇👇
https://t.me/Oqsaroyhospital
Oq Saroy Hospitalda zamonaviy laboratoriya xizmatlari yo‘lga qo‘yildi
Sog‘liqni saqlashda aniq tashxis — to‘g‘ri davolashning muhim omili. Shu maqsadda Shahrisabz shahridagi “Oq Saroy Hospital” klinikasida zamonaviy laboratoriya xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
📍 Manzil: Shahrisabz shahri, “Oq Saroy Hospital” klinikasi
📍Location
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
📞 55-404-00-03
📞 55-405-00-03
😎Quyidagi havolani bosing hamda bizni rasmiy telegram kanaliga a`zo bo`ling👇👇👇
https://t.me/Oqsaroyhospital
Sogʻlom va tetik boʻlishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyatni oʻtkazib yubormang! 🔥
Oq Saroy Hospital sizni “Sogʻlom turmush tarzi” marafoni chorlaydi. Bu shunchaki mashgʻulot emas, balki shifokorlarimizdan qimmatli tibbiy bilim va maslahatlar olish imkoniyatidir 🩺⚡️
⏰ Vaqti: Har kuni soat 20:00 da
📍 Ishtirok etish: Barcha xohlovchilar uchun ochiq!
Videoni doʻstlaringizga ulashing va marafonga birgalikda qoʻshiling 📌
BIR VAQTNING O‘ZIDA 3 TA OPERATSIYA: Bemorimiz salomatligi to‘liq tiklandi! 🏥✨
Ko‘pchilik ayollar siydik tutolmaslik va oraliq sohadagi noqulaylikni yoshga bog‘liq tabiiy holat deb o‘ylab, yillab chidab yurishadi. Lekin bu muammolarni zamonaviy ginekologik operatsiyalar bilan bir k***a hal etish mumkin!
Bemorimiz klinikamizga quyidagi shikoyatlar bilan murojaat qilgan edi:
❌ Yo‘talganda va aksirganda siydik tutolmaslik;
❌ Oraliq sohada doimiy bosim va noqulaylik;
❌ Qorin pastki qismidagi bezovta qiluvchi og‘riqlar.
Tibbiy ko‘rik va tayyorgarlikdan so‘ng, bitta anesteziya ostida 3 ta operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi:
1️⃣ Qin old devorini maxsus setka (Mesh) orqali ko‘tarish — siydik tutolmaslik muammosi to‘liq bartaraf etildi.
2️⃣ Qin orqa devori kolporafiyasi — qin anatomiyasi va mushaklar tonusi tiklandi, oraliq sohadagi bosim yo‘qoldi.
3️⃣ Bachalik yo‘llarini boylash — rejalashtirilgan jarrohlik amaliyoti sifatli bajarildi.
✨ Natija: Bemorimiz o‘zini juda yengil his qilmoqda, og‘riqlar va barcha noqulayliklar ortda qoldi!
Ayollik salomatligingiz va qulayligingizni kechiktirmang!
📥 Batafsil ma’lumot va qabulga yozilish uchun DIREKTga yozing yoki izohlarda “+” qoldiring!
📌 Endometrioz nima va qachon shubha qilish kerak?
Ko’pchilik ayollar hayz paytidagi kuchli og’riqlarni “shunchaki chidash kerak” deb o’ylashadi. Ammo bu endometrioz belgisi bo’lishi mumkin!
Ushbu videoda ginekolog mutaxassis:
kalit sabablarini;
Organizm beradigan asosiy signal (belgi)larni;
Qachon zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerakligini tushuntirib beradi.
O’z salomatligingizga befarq bo’lmang! Videoni saqlab qo’ying va yaqinlaringizga ulashing. 📲
08/09/2026
🏥 Shahrisabz shahrida bepul tibbiy ko‘riklar aksiyasi!
Oq Saroy Hospital klinikasining malakali va tajribali shifokorlari Shahrisabz shahar 1-sonli oilaviy poliklinikasida aholi uchun navbatdagi bepul tibbiy ko‘rikni o‘tkazishadi.
Sog‘lig‘ingizdagi muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va tajribali mutaxassislar konsultatsiyasini olish imkoniyatini boy bermang!
👨⚕️ Ko‘rikni olib boruvchi mutaxassislar:
Kardiolog
Kardioxirurg
Urolog
LOR
📍 Manzil: Shahrisabz shahar 1-sonli oilaviy poliklinika
📅 Sana: 9-sentabr, 2026-yil
⏰ Qabul vaqti: 09:00 dan boshlanadi
Sog‘lig‘ingiz — bizning e’tiborimizda! O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang.
📞 Murojaat uchun:
+998 55 404 00 03
+998 55 405 00 03
📲 Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram: Oq Saroy Hospital-Aniq tashxis•To’g’ri davolash•Yuqori natija
Telegram: t.me/oqsaroy_hospital
Category
Website
Address
Shakhrisabz
Opening Hours
| Monday | 09:00 - 17:00 |
| Tuesday | 09:00 - 17:00 |
| Wednesday | 09:00 - 17:00 |
| Thursday | 09:00 - 17:00 |
| Friday | 09:00 - 17:00 |
| Saturday | 09:00 - 17:00 |